Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 13/11/2024 Baxtiyor Saidov Britaniya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baxtiyor Saidov Britaniya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemm bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Hamkasbim bilan ikki tomonlama muloqotni yanada rivojlantirish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha asosiy masalalarni muhokama qildik. Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda turli sohalarda samarali hamkorlikni ta’minlash uchun institutsional mexanizmlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish muammolari kabi dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdik», — deb yozdi Tashqi ishlar vaziri o‘zining Telegram kanalida.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling