Bahodir Abdullaev “O‘zmetkombinat” AJ bosh direktori etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi yangi boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi — korxona bosh direktori tayinlandi.
Bahodir Abdullaev “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
Namanganlik tadbirkor Abdullaev 2024-yil oktabr oyida “O‘zmetkombinat”ga rahbarlik qilgan Dilshod Ahmedov o‘rnini egalladi.
Avvalroq Ahmedov korxona boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari — ijrochi direktor lavozimida ishlagan, 2024 yil yanvar oyida esa investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan, xususan, “O‘zmetkombinat” AK rivojlanishini nazorat qilgan.