Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
Bahavalpurda O'zbekiston va Pokiston ishbilarmon doiralari hamkorligining istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi

Bahavalpurda O'zbekiston va Pokiston ishbilarmon doiralari hamkorligining istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi

Bahavalpurda O'zbekiston va Pokiston ishbilarmon doiralari hamkorligining istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Pokistondagi elchixonasi xodimlari xizmat safari bilan Bahavalpur shahrida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif doirasida Savdo-sanoat palatasi prezidenti o'rinbosari A'zam Qureyshi va mahalliy ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Bahavalpur Savdo-sanoat palatasi 1986 yilda tashkil etilgan bo'lib, hozirgi kunda paxta tozalash, shakar ishlab chiqarish, to'qimachilik, un ishlab chiqarish, pestitsidlar va parranda ozuqasi kabi yo'nalishlarda faoliyat yurituvchi 2 mingdan ziyod kompaniyalarni o'zida birlashtiradi.

Uchrashuv chog'ida O'zbekiston hukumati tomonidan sanoat, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi va logistika sohalarida yaratilgan maxsus iqtisodiy zonalarning investitsiyaviy imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari o'rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo'nalishlari, o'zaro manfaatli loyihalarni birgalikda amalga oshirish shartlari muhokama qilindi.

Palata vakili Agir Hayder mahalliy iqtisodiyot asosan qishloq xo'jaligi va agrosanoat majmuasiga ixtisoslashganini qayd etib, hudud tadbirkorlarida O'zbekiston bilan aniq loyihalar hamda sohaviy tashabbuslar doirasida hamkorlikni yo'lga qo'yishga katta qiziqish mavjudligini ta'kidladi.

Tomonlar ikki davlat biznes doiralari vakillari orasida iqtisodiy aloqalarni faollashtirishning institutsional mexanizmlari, eksport-import amaliyotlarini son va sifat jihatdan ko'paytirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratdi.

Shuningdek, turizm sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ham ko'rib chiqildi.

Muzokaralar yakunlariga ko'ra, ikki davlat savdo-sanoat palatalari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni yo'lga qo'yish, hamkorlik memorandumini imzolash, Bahavalpur ishbilarmonlar delegatsiyasining O'zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling