Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Aytjan Xalmaxanov ikkinchi bor jahon chempionligini qoʻlga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetmoqda. Bugungi bellashuvlar ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtib, yunon-rum kurashchimiz Aytjan Xalmaxanov oltin medalga sazovor boʻldi.
-63 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz saralash bosqichlarida Yaponiya, neytral maqomda kurashgan Rossiya, Qozogʻiston vakillarini magʻlub etgan edi. Final bellashuvida esa armanistonlik sportchi 12:2 hisobida taslim etildi.