Valyuta kurslari 25/11/2024
$1 – 12829.07
UZS – -0,12%
€1 – 13344.80
UZS – -1,21%
₽1 – 124.91
UZS – -1,92%
Qidirish
Iqtisod 18/11/2024 Avesta Komfort Eko-Gaz noqonuniy reklama konstruktsiyasi uchun jarimaga tortildi

Avesta Komfort Eko-Gaz noqonuniy reklama konstruktsiyasi uchun jarimaga tortildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tashqi reklama vositasini noqonuniy o‘rnatish, reklamalarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida joylarda tizimli ravishda o‘rganish va monitoring tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Sirdaryo tumanida faoliyat olib boruvchi “AVESTA KOMFORT EKO-GAZ” MCHJga qarashli AGTKSH tomonidan avtomobil yo‘lining qatnov qismiga yaqin yo‘lakka pasportlashtirilmagan noqonuniy tashqi reklama konstruksiyasi o‘rnatilganligi aniqlandi.

Mazkur aniqlangan holat yuzasidan boshqarma tomonidan MCHJga ogohlantirishlar berilganiga qaramay tashqi reklama vositasi bilan bog‘liq kamchiliklar bartaraf etilmagan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “AVESTA KOMFORT EKO-GAZ” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling