ASTERIUM O‘zbekistonda kripto-depozitar faoliyati uchun litsenziya oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Milliy perspektiv loyihalar agentligi kripto-depozitar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.
ILMA maʼlumotiga ko‘ra, ASTERIUM MCHJ kripto-depozitar faoliyatini yuritish uchun rasmiy litsenziyaga ega bo‘ldi.
Litsenziya 2022 yil 15 avgustda 3380-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Kripto-aktivlar muomalasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom"ga muvofiq berilgan.