Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
Sport 22/08/2025 Anvar Anvarov Brilliant liga turnirida gʻalaba qozondi

Anvar Anvarov Brilliant liga turnirida gʻalaba qozondi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shveysariyaning Lozanna shahrida yengil atletika olamidagi nufuzli turnirlardan biri Brilliant liga musobaqasining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Anvar Anvarov oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Yurtdoshimiz musobaqada 7.84 metr bilan eng yuqori koʻrsatkichni qayd etdi. Ikkinchi oʻrindan mezbon sportchi Simon Exammer (7.72 metr) joy olgan boʻlsa, yamaykalik 2019-yilgi jahon chempioni Tejey Geyl (7.71) bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, Anvar Anvarov Safina Sadullayevadan keyin Brilliant liga turnirlarida gʻalaba qozongan oʻzbekistonlik ikkinchi atletga aylandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling