Valyuta kurslari 02/04/2025
$1 – 12925.20
UZS – -0,09%
€1 – 13982.48
UZS – 0,32%
₽1 – 152.58
UZS – -1,27%
Qidirish
Iqtisod 29/03/2025 Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarga vitrinali sovutgichlarni yetkazib berish muhokama qilindi

Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarga vitrinali sovutgichlarni yetkazib berish muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O'zeltexsanoat" uyushmasida kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ullari, Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi va unga a'zo korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

Shu bilan birga, ko'plab turdagi sovutgichlar ishlab chiqaruvchi "Sam-Ferre", "Premier", Texnopark", "Artel" va "Devi Tashkent" kabi mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari mutaxassislari ham ushbu uchrashuvda qatnashdilar.

Uchrashuvda vitrinali sovutgichlarga bo'lgan ichki talabni mahalliy mahsulotlar hisobiga qoplash, kooperatsiya asosida mahsulotlarni yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Pepsi, Lipton, Coca-cola, Fanta, Dinay, Montella, Chortoq, Tropic kabi ko'plab brendlar ostida ishlab chiqarilayotgan ichimliklarni saqlashga mo'ljallangan bir necha turdagi vitrinali sovutgichlar bilan ta'minlash bo'yicha fikrlar almashildi

Ushbu turdagi mahsulotlarga ehtiyoji bo'lgan ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalardan mazkur mahsulotga oid texnik talablarni olishga kelishildi.

Tomonlar hamkorlikdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini, bu borada birgalikda ish olib borishlarini ta'kidladilar.

Importni optimizatsiya qilish, mahalliy tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo’yicha uyushma va a’zo korxonalar tomonidan olib borilayotgan bu kabi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling