Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
Madaniyat 10/11/2024 ALIPH jamg‘armasi va O‘zbekiston qo‘shma loyihalar ustida ishlamoqda

ALIPH jamg‘armasi va O‘zbekiston qo‘shma loyihalar ustida ishlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova ALIPH jamg‘armasi – madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda jamg‘arma ijrochi direktori Valeri Freland va ALIPH jamg‘armasi boshqaruvi raisi, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning madaniy hamkorlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Bariza Hiari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatoriya qilishda hamkorlik istiqbollari hamda nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan dastur va loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Alohida e’tibor mintaqaning madaniy merosi va ekotizimini muhofaza qilishdan iborat bo‘lgan Orol madaniy sammiti doirasidagi hamkorlikdagi ishlarga qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling