Ajinomoto kelajakdagi loyihalar uchun Chirchiq texnoparkining infratuzilmasi va logistikasini baholadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Ajinomoto" - 1909-yilda tashkil etilgan korporatsiya bo‘lib, oziq-ovqat, ziravorlar, aminokislotalar va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri hisoblanadi.
"Ajinomoto Co., Inc." kompaniyasining katta vitse-prezidenti va ijrochi direktori janob Yoshiter Masay boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi yangi ishlab chiqarish majmuasini joylashtirish uchun "Chirchiq" texnoparki salohiyatini o‘rganishga qaratilgan.
Tashrif davomida mehmonlar texnoparkning sanoat infratuzilmasi, logistika imkoniyatlari, shuningdek, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdi.
"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha faol ishlarni davom ettirib, o‘zini biznes yuritish uchun zamonaviy va yuqori texnologiyaga ega sanoat maydoni sifatida namoyon etmoqda.