Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
Texnologiyalar 06/11/2024 BAA Iqtisodiyot va savdo masalalariga mas’ul Davlat vaziri bilan IT kompaniyalarni yurtimizga jalb qilish va loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi

BAA Iqtisodiyot va savdo masalalariga mas’ul Davlat vaziri bilan IT kompaniyalarni yurtimizga jalb qilish va loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Turkiyada Birlashgan Arab Amirliklarining Iqtisodiyot va savdo masalalariga mas’ul Davlat vaziri Axmed bin ali Sayed bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikning holati va istiqbollari, amalga oshirilayogan loyihalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. O‘z navbatida, O‘zbekistonga investitsiya kiritish va loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Shermatov BAA hukumati yordami bilan mamlakatimizda amalga oshirilgan “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasiga to‘xtalib, ushbu loyiha orqali yoshlarning IT kunikmalarini oshirishga erishilgani uchun BAA tomoniga minatdorchilik bildirdi va bu kabi loyihalarni davom ettirishga qiziqish borligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, vazir BAAning kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini berib o‘tdi.

Axmed al Sayed telekommunikatsiya va boshqa sohalarga investitsiya kiritishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Vazir Sh. Shermatov BAA Davlat vaziri Axmed al Sayedni O‘zbekistonga tashrif buyurishga va mavjud imkoniyatni ko‘rish uchun taklif qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling