Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Iqtisod 15/03/2025 2025-yilning mart oyida Toshkent shahridagi supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi

2025-yilning mart oyida Toshkent shahridagi supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025-yilning mart oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Monitoring natijalari 6 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi*.

Shunday qilib, kartoshkaning minimal narxi 19,8 foiz, sariq piyozniki 10,3 foiz, qizil sabziniki 3,4 foiz, tuxumniki 2,1 foiz, bananniki 0,9 foiz, kungaboqar yog‘iniki 0,6 foiz pasaygan.

7 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, pomidor narxida eng katta o‘sish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bog‘liq.

8 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Bular - bug‘doy uni, guruch, makaron, oqbosh karam, olma, tovuq go‘shti (file), sut va shakar.

Tahlil 2025-y. 6-fevral va 13-mart kunlari o‘tkazilgan monitoring maʼlumotlari asosida amalga oshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling