Valyuta kurslari 20/03/2025
$1 – 12926.51
UZS – -0,07%
€1 – 14092.48
UZS – -0,51%
₽1 – 156.00
UZS – -1,76%
Qidirish
Moliya 19/03/2025 2024-yilda O‘zbekiston startaplariga venchur investitsiyalar hajmi $17,5 mln ga yetdi

2024-yilda O‘zbekiston startaplariga venchur investitsiyalar hajmi $17,5 mln ga yetdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning venchur bozori o‘sishda davom etmoqda. O‘tgan yil mamlakatda ilk “yakkashox” (unicorn) – Uzum kompaniyasining paydo bo‘lishi va u $52 mln investitsiya jalb qilgani bilan yodda qoldi. Shu bilan birga, boshqa o‘zbek startaplariga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 2,7 barobar oshdi, o‘rtacha bitim miqdori esa oldingi yillarga nisbatan qariyb to‘rt barobar ko‘paydi.

Toshkent, 2025-yil 19-mart – RISE Research KPMG, EA Group holdingi, BGlobal Ventures (AO «Qazaqstan Investment Corporation»ning sho‘ba tashkiloti), MA7 Ventures va dealroom.co hamkorligida 2024-yil natijalariga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo venchur bozori bo‘yicha keng qamrovli tadqiqot o‘tkazdi. Hisobotda 200 dan ortiq startap tahlil qilinib, 40 nafar sanoat yetakchilari ekspert sifatida ishtirok etdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Markaziy Osiyoning venchur bozori o‘sishda davom etmoqda. 2024-yilda Markaziy Osiyoda venchur bitimlarning umumiy hajmi $95 mln ga yetdi, bu 2023-yilga nisbatan 7% ga ko‘p.

"O‘zbekiston venchur bozori 2024-yilda qariyb uch barobarga o‘sdi. Bunga davlat va xususiy fondlarning faollashuvi hamda angel investorlarning ulushi sezilarli darajada oshgani sabab bo‘ldi. Mamlakatda angel investitsiya klublari paydo bo‘lmoqda, investorlar esa an’anaviy investitsiyalardan tashqari startaplarga ham sarmoya kiritishga tayyor bo‘layotgani kuzatilmoqda", – deydi Erke Asemova, KPMG.

2024-yilda O‘zbekiston venchur bozorida $17,5 mln hajmg bilan 38 ta bitim amalga oshirildi.

"Markaziy Osiyo startap bozori tez rivojlanib bormoqda va xalqaro investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. MA7 Angels Club doirasida biz butun mintaqa bo‘ylab investorlarning kapitalini jamlaymiz, tajriba va tahlil almashamiz hamda startaplarning Markaziy Osiyo va global bozorlarga chiqishiga yordam beramiz", – deydi Murat Abdurahmonov, MA7 Angels Club.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling